Yarim finalning ilk jangi. Bugun “Arsenal” PSJni qabul qiladi

Sport

image

Bugun, 29 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Londonning “Arsenal”i Parijning PSJsini qabul qiladi.

Trebl uchun kurashayotgan parijliklar

Luis Enrike qo‘l ostidagi PSJ joriy mavsumda ijobiy natijalar qayd etishda davom etmoqda. Klub mavsum yakuniga bir necha tur qolganida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoa Fransiya kubogi yarim finalida “Dyunkerk”ka qarshi maydonga tushadi, ya’ni ushbu frontda ham asosiy da’vogar hisoblanadi. Endigi navbat azaliy orzuga aylangan Chempionlar ligasiga. PSJ ushbu turnir yarim finalida Londonning “Arsenal”iga qarshi to‘qnash keladi. Bir qarashda favorit yo‘qdek. 

Chunki “kanonirlar” chorak finalda Madridning “Real” klubini chiqarib yuborganidan keyin da’vogarlardan biriga aylandi. Mikel Arteta qo‘l ostidagi klub Angliya Premer-ligasida ikkinchi o‘rinni egallashi deyarli aniq bo‘ldi. Chempion “Liverpul”dan 15 ochko ortda qoldi. Bu mavsumni sovrin bilan tugatish uchun yagona imkon Chempionlar ligasi hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu o‘yin birinchi uchrashuv bo‘lishiga qaramay, muxlislarni zeriktirib qo‘ymaydi. Sababi PSJda tezkor qanot futbolchilari va “Arsenal”da jismonan kuchli markaz. Mana shu faktor ham o‘yinning qizg‘in o‘tishiga dalolat beradi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Ushbu jamoalar joriy mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘qnash kelgan va unda Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda “Arsenal” 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Undan oldin, ya’ni 2016 yilda bo‘lib o‘tgan ikki o‘yinda 2:2 va 1:1 hisoblari qayd etilgan. 

Taxminiy tarkiblar

Odatga ko‘ra, “Opta”, “One football”, “Sporting News” portallari “Arsenal” - PSJ o‘yini uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi.

“Opta” talqiniga ko‘ra, “Arsenal” tarkibi:

Rayya, Timber, Saliba, Kivior, Kelli, Merino, Edegor, Rays, Martinelli, Trossard, Saka.

PSJ tarkibi:

Donnarumma, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Ruis, Barkolya, Kvaratsxeliya, Dembele.

“One football” talqiniga ko‘ra, “Arsenal” tarkibi:

Rayya, Timber, Saliba, Kivior, Kelli, Merino, Edegor, Rays, Martinelli, Trossard, Saka.

PSJ tarkibi:

Donnarumma, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Ruis, Duye, Kvaratsxeliya, Dembele.

“Sporting News” talqiniga ko‘ra, “Arsenal” tarkibi:

Rayya, Timber, Saliba, Kivior, Kelli, Merino, Edegor, Rays, Martinelli, Trossard, Saka.

PSJ tarkibi:

Donnarumma, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Ruis, Barkolya, Kvaratsxeliya, Dembele.

Ma’lumot o‘rnida, “Arsenal” – PSJ o‘yini Toshkent vaqti bilan 30 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal PSJ Evropa Chempionlar ligasi yarim final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing