“Yarim homiladorlik” konsepsiya emas – Makron Britaniya tashqi siyosatiga “tosh otdi”
Olam
−
31 yanvar 2021
5977Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Buyuk Britaniya Hukumatini yaqin ittifoqchi borasida bir to‘xtamga kelishga chaqirdi. Fransuzlar yetakchisi qirollik bir vaqtning o‘zida ham AQSH, ham Yevropa Ittifoqi bilan yaqin munosabatda bo‘lolmasligini ta’kidlagan.
“Britaniya bir modelni tanlashi kerak. Agar u butunlay transatlantik siyosatni tanlasa, biz (Yevropa Ittifoqi) ga izoh berishi kerak, negaki, qoidalar va bozorlarning ochiqligi borasida qarama-qarshilik yuzaga keladi”, degan Makron.
Shu bilan birga, Prezident “yarim homilador” bo‘lishga urinish amalga oshmas konsepsiya ekanini ta’kidlagan.
“Men umumiy ambitsiyalar va umumiy taqdir tarafdoriman. Umid qilamanki, Boris Jonson (Britaniya Bosh vaziri) ham shunday fikrda. Biz ittifoqdosh bo‘lib qolamiz. Tarix va geografiya o‘zgarmaydi, negaki britan xalqining taqdiri biznikidan farq qiladi deb o‘ylamayman”, degan Makron.
Fransiya yetakchisi ko‘pincha Angliya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi farqlar uchun adolatsiz ravishda ayblanadigan shaxsga aylanganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Brexit bo‘yicha o‘tish davrini joriy yilning 1 yanvarida savdo va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi bilan yakunladi. Buyuk Britaniya 47 yillik tashkilot a’zligi va Brexit bo‘yicha referendumdan 4,5 yil o‘tib YeIni tark etdi.
LiveBarchasi