Atamboyev ishtirokisiz o‘tkazilgan sud majlisida uning hibs muddati uzaytirildi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning ehtiyot chorasi sifatida ushlab turilish muddati uzaytirildi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda. 

Atamboyevning advokati Sergey Slesarevga ko‘ra, sobiq Prezidentning ishtiroksiz o‘tkazilgan sud qarori Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi tomonidan qabul qilingan. 

“Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi sud muddati davomida uzaytirildi, qonunga binoan u ikki oy davom etadi. Bunday qaror faqat sudya tomonidan qabul qilindi. Umuman olganda, sudya bu masalani dastlabki sud majlisida ko‘rib chiqishi va tomonlarning fikrlarini so‘rashi kerak edi", dedi Sergey Slesarev. 

Eslatib o‘tamiz, Sobiq Prezident Almazbek Atamboyev shu yilning 8 avgust kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Quy-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida qo‘lga olinib, hibsga olingandi.

Almazbek Atamboyev sud qarori bilan joriy yilning 26 avgustigacha hibsga olindi. Keyinchalik uning hibs muddati 26 oktyabrgacha uzaytirilgandi. 

Almazbek Atamboyev o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Huquq-tartibot idoralariga qarshi zo‘ravonlik, qotillik, garovga olish, tartibsizliklar, korrupsiya va boshqalar shular jumlasidandir.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev hibs muddati uzaytirildi

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing