Yaponlar JCHda ham axloqda dunyoga o‘rnak bo‘lyapti
Sport
−
24 noyabr 2022 17787 1 daqiqa
Yaponiya terma jamoasi muxlislari 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati guruh bosqichining Germaniyaga qarshi o‘yinidan so‘ng "Xalifa" stadioni tribunalarini tozalab, so‘ng stadionni tark etdi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan fotograflar va tasvirchilarning kamerasiga muhrlangan ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqdi.
Yaponiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:1 hisobida yaponiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yaponiyalik muxlislar o‘yinga ko‘k rangli polietilen paketlar bilan keldi. Yakuniy hushtak chalinganidan so‘ng, ular bayram qilishni tugatib, tribunani axlat qoldiqlaridan tozaladi.

Yaponiya terma jamoasi muxlislari Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCH-2018 o‘yinlarida ham stadiondagi chiqindilarni tozalab, dunyo jamoatchiligiga o‘rnak bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025