Yaponiyaning 100-Bosh vaziri saylandi

Olam

image

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi rahbari, ilgari Tashqi ishlar vazirligini boshqargan Fumio Kishida mamlakatning 100-Bosh vaziri etib saylandi.

Ovoz berish jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi. Ko‘p narsa hal bo‘ladigan Quyi palatadagi saylov jarayoni natijasida, u 458 ovozdan 311 tasini qo‘lga kiritgan. Yuqori palatada 241 kishidan 141 nafari uni qo‘llab-quvvatladi.

Bu lavozimga ko‘pchilik ovoz olgan nomzod tayinlanadi. Har bir siyosiy partiya nomzod ko‘rsatadi, qoidaga ko‘ra, u ularning yetakchisi bo‘ladi. Hukmron partiya jami o‘rinlarning yarmidan ko‘piga egalik qilishini inobatga olsa, Kishida g‘olib bo‘lishi taxmin qilingandi.

Bugun Yaponiya hukumatining yangi tarkibi e’lon qilinadi. Yangi hukumatdagi 20 ta vazirning 13 nafar a’zosi ilk bor vazir bo‘ladi. 

Avvalroq, Yaponiyaning 99-Bosh vaziri Yoshixide Suga boshliq hukumat to‘liq tarkibda iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing