Yaponiyaga kuchli to‘fon yaqinlashyapti
Olam
−
12 Oktabr 2019
5660Yaponiyaning Tokioga yaqin Tiba prefekturasida favqulodda kuchli “Xagibis” tayfuni yaqinlashgani sababli yuzaga kelgan kuchli shamol natijasida bir kishi halok bo‘ldi, besh nafari jarohatlandi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Itixara shahrida ag‘darilgan kichik yuk mashinasida xushsiz holdagi erkak topilgan. Shifoxonada shifokorlar uning o‘limini qayd etgan. Bundan tashqari, Itixarada yana besh kishi, jumladan uch nafar bola kuchli shamol natijasida uylari buzilishi oqibatida jarohatlangan.
Shaharda quyun kuzatilgan. Tasvirga olingan videolarda mashinalarning ag‘darilgani, uylar tomining qo‘porilganini ko‘rish mumkin.
Tiba prefekturasida 770 ming kishi elektr energiyasisiz qolgan. Aviakopaniyalar qariyb 2 ming parvozni bekor qilgan, prefektura markazida metrova poyezd harakati deyarli to‘liq to‘xtatilgan. 8 ming kishi evakuatsiya qilingan, 1,79 mln kishiga vaqtinchalik boshqa joyga borish taklif etilgan.
Tokioda esa yaqinlashayotgan tayfun sabab restoran, do‘kon va 24 soat ishlovchi dorixonalar ham vaqtincha yopila boshlagan.
“Xagibis” tayfuni Yaponiyaga janubi-sharqdan yaqinlashib kelyapti. Hozirda tayfun markazidagi bosib 935 gektopaskalga, shamol tezligi sekundiga 45 metrga teng. Meteorologlar uning vayronkorligini 1269 kishi halok bo‘lgan “Ida” tayfuniga tenglashtirgan.
LiveBarchasi