Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q – elchixona

Jamiyat

image

Yanvar oyi boshida Yaponiya g‘arbidagi prefekturalarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi. 

“O‘zbekiston diplomatlari Yaponiyaning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.

1 yanvardan beri Yaponiyada 1200 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi. Eng kuchli zilzila magnitudasi 7,6 ballni tashkil qilgan.

Bu 1885 yilda Yaponiya hukumati statistika yurita boshlaganidan beri bu mintaqa uchun eng kuchlisi edi. Seysmologlarning fikricha, yerosti silkinishlari taxminan yana bir hafta davom etadi.

Hozirda zilzila qurbonlari soni 200 kishidan oshgan. Zilzilalardan eng ko‘p Isikava prefekturasi jabr ko‘rgan, bu yerda 1370 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya o'zbekistonliklar zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing