Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni ortib bormoqda (foto)

Olam

image

Joriy yilning 9 yanvar, seshanba kuni qutqaruvchilar Yaponiya dengizi sohilidagi Noto yarimorolida sodir bo‘lgan qator zilzilalarda halok bo‘lgan yana 22 kishining jasadini topdi. 

Yaponiya mintaqaviy hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 202 taga yetgan. Kamida 52 kishi bedarak yo‘qolgan. Zilziladan jabr ko‘rgan hududlarning 28 mingga yaqin aholisi evakuatsiya markazlarida qolishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, zarar ko‘rgan hududlardagi 4200 ga yaqin uy suv ta’minotisiz qolgan. Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat zilzilalar natijasida 1,8 mingga yaqin turarjoy binosi vayron bo‘lganini ta’kidladi. 

Tabiiy ofatdan eng ko‘p Ishikava prefekturasi jabr ko‘rgan. U yerda kamida 1370 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, yong‘inlar esa 300 dan ortiq binoni vayron qilgan.

Yaponiya qutqaruv xizmatlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun tiklash ishlarini davom ettirmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi zilzilada o‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila qurbonlar Ishikava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing