Yaponiyadagi zilzila qurbonlari 62 nafarga yetdi
Olam
−
03 yanvar 2024
2786Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 62 kishiga yetdi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Hozirda mahalliy xizmatlar vayronalar ostidan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda. Ular, shuningdek, zilzila zararlari, jumladan, binolar qulagandan keyin boshlangan yong‘inlar bilan shug‘ullanadi.
NHK tomonidan taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 100 kishidan oshadi, ulardan 17 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Yaponiyada 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Shundan so‘ng yer silkinishlari 150 martadan ortiq qayd etilgan.
LiveBarchasi