Yaponiyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Olam

image

Yaponiyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda O‘zbekiston rahbariyatining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi.

“Dunyo” axborot agentligining ma’lum qilishicha,“, ular "Paramount Beds" kompaniyasining ko‘p funksiyali krovatlari, shuningdek, tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar va bosh kiyimlardan iborat insonparvarlik yordami shakllantirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu insonparvarlik yordami O‘zbekistonning tibbiy muassasalariga yetkazish uchun Toshkentga jo‘natilgan. Ushbu xayrli tadbirga mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi ham o‘z hissasini qo‘shgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning "Paramount Beds" kompaniyasi krovatlari tibbiyot sohasidagi eng ilg‘or jihozlardan hisoblanadi. Bu komatoz va o‘ta og‘ir bemorlarni davolash jarayonida zarur asbob-uskunalar bo‘lib, tibbiyot xodimlariga masofadan boshqarish pulti yordamida bemorning har bir tana qismida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni nazorat qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ular soni 241 nafarga yetdi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing