Yaponiyadagi o‘zbekistonliklar ham ogohlantirildi
Olam
−
14 iyun
10375Yaponiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ayrim odamlarning noqonuniy ish yoki xavfli takliflarga undashi mumkinligidan ogohlantirildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Yaponiya – qonunlarga qat’iy amal qilinadigan, tartibli mamlakat ekanini eslatgan agentlik shuning uchun quyidagi holatlarga duch kelganda aldanmaslik va uni rad etishni tavsiya qilgan:
- “Maoshingni soliqdan ozod qilamiz” – bu noqonuniy;
- “Yashirincha qo‘shimcha ishlaylik” – ish vizangiz buzilishi mumkin;
- “Kel, qimor o‘ynaymiz” – bunday o‘yinlar ko‘p hollarda noqonuniy va jazolanadi;
- “Boshqa tashkilotda ishlayver, men rezident kartani yasatib beraman” – yasama ID kartalardan foydalanmang;
- “Boshqa odamning bank kartalarini ishlatmang va o‘z bank kartangizni sotmang” – bank kartalari savdosi, katta jinoyatlarga qo‘shilib qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin!
Shuningdek, xabarda fuqarolardan har qanday ishni boshlashdan oldin rasmiy hujjatlar va viza shartlarini tekshirish, gumonli takliflar haqida mahalliy idoralarga yoki elchixonaga murojaat qilish so‘ralgan. Bu haqda ko‘proq ma’lumotni Yaponiyaning Immigratsiya xizmatlari agentligi saytida olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirilgandi. Unga ko‘ra, joriy yil 30 iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga borayotganlar “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va QR-kod olishi shart bo‘ladi.
LiveBarchasi