Yaponiyada yetti yil ichida birinchi marta “svet”ni tejash rejimi joriy qilindi

Olam

image

Yaponiya hukumati yetti yil ichida birinchi marta energiya tejash rejimini joriy etib, aholi va korxonalarni yoz uchun iste’molni oqilona kamaytirishga chaqirdi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi ma’lum qildi.

“So‘nggi paytlarda mamlakatda issiq havo o‘rnatilmoqda, ayrim hududlarda havo harorati 35 darajaga yetdi. Shu sababli elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshgan, biroq ayni paytda yetkazib berishni oshishi, shuningdek issiqlikning pasayishi kutilmayapti”, deyiladi xabarda.

Energiyani tejash talabiga issiq urishining oldini olish uchun konditsionerlar va boshqa elektr jihozlaridan foydalanishni taqiqlash va cheklash kirmaydi. Ammo ikkilamchi maqsadlarda, ya’ni reklama belgilari, do‘konlarni ortiqcha yoritish va vitrinalarni yoritish, texnika do‘konlarida televizorlarni maqsadsiz yoqib qo‘yish uchun elektr energiyasini sarflash mumkin emas. 

Yaponiya poytaxti va boshqa sakkizta prefekturada joriy yilning 27 iyun kunidan boshlab to‘rt kun davomida iyun oyi uchun g‘ayritabiiy issiqlik kuzatildi va elektr tarmoqlaridagi yuklanish haqida aholiga ogohlantirish berildi. Shu kunlarda ushbu zonaning bir qator hududlarida 40 darajagacha harorat qayd etilgan. Kecha, 30 iyun kuni Tokioda iyun oyi uchun rekord bo‘lgan 36 darajadan yuqori harorat kuzatildi.

Energiya narxining oshishi, energiyaning “toza” turlariga o‘tish rejalarini inobatga olgan holda, issiqlik elektr stansiyalarining qisqarishi, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligidan xavotirlar kuchayishi fonida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.

Yaponiya Iqtisodiyot vazirligi 2011 yildan beri birinchi marta joriy yilning yoz mavsumida prognoz qilinayotgan energiya tanqisligi sababli mamlakatda energiya iste’moli darajasi haqida hisobot bera boshladi.

Kelgusi hafta uchun ma’lumotlar juma kunlari chiqariladi. Bu amaliyot oldin faqat 2011 yilda, kuchli zilzila va sunamidan so‘ng, "Fukusima-1" AESda avariya sodir bo‘lgan va mamlakat elektr energiyasining uchdan bir qismini ta’minlaydigan barcha atom elektr stansiyalari to‘xtatilganda amalga oshirilgan. Elektr ta’minoti holati to‘g‘risida xabar berish energiyani oqilona tejashga yordam berishi kutilmoqda.

Yoz mavsumida harorat ko‘tarilishi tufayli, an’anaviy ravishda ish joylari, uy, transport va do‘konlarda konditsionerlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi faol iste’mol qilinadi. Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, harorat o‘zgarmasa, mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlashda katta qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

41

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing