Yaponiyada yosh yigit sinfdoshining 83 yoshli buvisiga uylanmoqchi

Olam

image

Yaponiyada 23 yoshli yigit o‘z sinfdoshining 83 yoshli buvisini sevib qolib, u bilan turmush qurishni rejalashtirdi. Bu haqda SCMP xabar berdi.

Nashrning bildirishicha, ularning tanishuvi o‘tgan yilning 14 fevral kuni, ya’ni "Sevishganlar kuni"ga to‘g‘ri kelgan. 

Oradan yarim yil o‘tgach, ular yaqinlariga ochiqchasiga ko‘rinish berib, bir uyda yashay boshlagan. Oila a’zolari ularning bu munosabatiga to‘liq rozi bo‘lgan.

Ayol ilgari bog‘bon bo‘lib ishlagan va katta botanika bog‘iga egalik qilgan. U ikki marta turmush qurgan, bir o‘g‘il, bir qiz va besh nabirasi bor. So‘nggi ajrashuvdan keyin u o‘g‘li bilan yashay boshlagan. 

Juftlik haqidagi intervyu va ularning hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda tezda mashhur bo‘lib ketgan. Ba’zilar ularning munosabatini qo‘llab quvvatlab, “sevgi yosh tanlamaydi” deya izoh bildirgan bo‘lsa, yana ba’zilar yigitning ishini keskin qoralagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda 17 yoshli qiz o‘zining 19 yoshli sevgilisini Myanmadagi firibgarlarga 14 ming dollarga qul sifatida sotib yuborgandi. Yigit va qiz billiardxonada tanishgan. Suhbat davomida qiz o‘zining Myanmadagi badavlat ota-onasi haqida maqtanib, yigitga ish topishda yordam berishni va’da qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing