Yaponiyada o‘limga hukm qilinib,  jazosini eng uzoq muddat kutgan mahbus oqlandi

Olam

image

Yaponiyada xo‘jayini, uning xotini va ikki bolasining qotili sifatida ayblanib, 1968 yilda o‘limga hukm qilingan Ivao Hakamada sud tomonidan oqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ivao Hakamada hozir 88 yoshda, qotillik yuz berganda, ya’ni 1964 yilda u 28 yoshda bo‘lgan.

2014 yilda Sidzuoka shahar sudi qotilning DNKsi Hakamadaning DNKsi bilan mos kelmasligini tasdiqlagan va mahkum ozodlikka chiqarilgan. Biroq keyinroq Tokio shahar sudi bu qarorni bekor qildi. 2023 yilda ish Yaponiya Oliy sudiga oshirilgan.

Tergovchilar sudlanuvchiga kuch ishlatgan bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan sud ishni qaytadan ko‘rib chiqdi. 1964 yilda hibsga olingan Hakamada aybni bo‘yniga olgan, ammo keyinchalik o‘ziga nisbatan kuch ishlatilgani sababli shunday qilishga majbur bo‘lganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Hakamada 2011 yilda o‘lim jazosini eng ko‘p kutgan inson sifatida e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Missuri shtatida 43 yil qamoqxonada jazo o‘tagan 64 yoshli ayol Sandra Hemme sudda oqlangandi. Hemme 1980 yilda kutubxonachini pichoq bilan o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yagona dalil – mahkumning chin dildan iqror bo‘lishi edi.

Madina Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya DNK Ivao Hakamada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made