Yaponiyada to‘fon: 50 kishi jarohatlandi, 4 kishi izsiz yo‘qoldi

Olam

image

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida kecha mamlakatni bosib o‘tgan kuchli "Hayshen" tayfuni zarbasi natijasida kamida 52 kishi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 7 sentyabr "KYODO" agentligi ma’lum qildi

Tropik bo‘ronni olib kelgan kuchli yomg‘ir Miyazaki prefekturasida ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Natijada tog‘li hududdagi bitta uy vayron bo‘lgan. U yerda bo‘lgan to‘rt kishi, shu jumladan ikki Vetnam fuqarosi bedarak yo‘qolgan deb xabar berilmoqda. 

Kyusyu orolining janubi-g‘arbiy qismida elektr uzilishlari sababli, hozirda 350 mingga yaqin uy elektrsiz qolmoqda. Ertalab 100 mingga yaqin elektr ta’minoti tiklandi. Taxminan 4,5 million aholisi bo‘lgan bir qator hududlarga evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Hozirda "Hayshen" tayfuni Yaponiyadan Koreya yarimoroli tomon 11 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Zilzila epimarkazida shamol tezligi 60 m/s ga yetadi. Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida bo‘ron tufayli 7 sentyabr kuni 200 mm dan ortiq yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Hayshen mamlakatning boshqa mintaqalaridagi ob-havoga ham ta’sir ko‘rsatdi: Tokioda ertalab kuchli shamol esdi va vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 

Bosh vazir Sindzo Abe kecha, 6 sentyabr kuni Hukumatning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi va unda mahalliy aholini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishni buyurdi.  

Eslatib o‘tamiz, “Hayshen” superto‘foni shimolroqqa, Rossiyaning sharqiy chekkasi bo‘lgan Vladivostokka tomon harakatlana boshlagani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Hayshen tayfuni

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing