Yaponiyada sunami xavfi e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 20 aprel kuni Yaponiya shimolining sharqiy sohilida yashovchi aholi zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sunami haqida ogohlantirildi. Bu haqdagi xabarni Yaponiya milliy meteorologiya boshqarmasi tarqatdi.

Qayd etilishicha, Xonsyu orolining shimoliy chekkasida joylashgan Aomori prefekturasida 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Balandligi uch metrgacha bo‘lgan ilk to‘lqinlar yaqin vaqt ichida qirg‘oqlarga yetib borishi mumkin. Ivate, Aomori, Miyagi prefekturalari, shuningdek, Xokkaydo orolining janubi alohida xavf ostidagi hududlar sifatida belgilangan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 18 aprel kuni ham Yaponiyaning Nagano prefekturasida 5,0 magnitudali zilzila yuz bergan. Yerosti silkinishlarining maksimal kuchi Yaponiyada qabul qilingan yetti ballik shkala bo‘yicha 5+ ni tashkil etgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Hech kim jabrlanmagan, vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

Bundan oldin UNESCO yaqin o‘n yilliklarda O‘rta Yer dengizida, jumladan, Fransiya sohillarida sunami yuz berish ehtimoli yuqori ekanidan ogohlantirgan. Mutaxassislarning fikricha, bu mintaqani butunlay xavfsiz deb hisoblab bo‘lmaydi: tarixiy ma’lumotlar vayronkor to‘lqinlar Fransiya qirg‘oqlariga yetib borgan holatlardan dalolat beradi. Xavf nafaqat to‘lqinlarning o‘zida, balki portlarni suv ostida qoldirish va sohil bo‘yi infratuzilmasini vayron qilishga qodir bo‘lgan kuchli oqimlarda hamdir.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila tsunami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing