Yaponiyada so‘nggi 10 yillikdagi eng kuchli suv toshqini yuz berdi (video)
Olam
−
04 iyul 2020
9488Bugun, 4 iyul kuni Yaponiyaning janubiy mintaqalari Kumamoto va Kagosima prefekturasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari yuz berdi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Yaponiya meteorologiya agentligi Kumamoto va Kagosima prefekturalaridagi favqulodda vaziyat munosabati bilan ogohlantirish bilan chiqqan.
Bir soat davomida Kumamoto prefekturasiga 100 mmdan ko‘proq yog‘in tushgan. Meteorologlar bu so‘nggi 10 yillikdagi eng kuchli toshqin ekanini ta’kidlamoqda.
Kumamoto janubidagi Kuma daryosi toshib, daryoni yuqib ketgan. Qutqaruv xizmatlari 100 dan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytyapti.
坂本村役場前
— 吉田圭吾 (@KoOBgXr8Qh9zOaU) July 4, 2020
大変な事になりました!
国も町も県もテレビも規制で入れないから誰も知らない
助けてください。#拡散希望RTお願い致します pic.twitter.com/xgy6AifN9s
Suv oqimi bir nechta uyni oqizib ketgan va 10 dan ortiq odam bilan aloqa uzilib qolgan.
BBC ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiya hukumati Kagosima, Kirisima va Ayri shaharlaridan deyarli 800 ming kishini evakuatsiya qilishga ko‘rsatma bergan. Toshqindan eng ko‘p pastlikdagi aholi punktlarida yashovchi odamlar jabrlandi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oxirida Ukraina g‘arbidagi qator viloyatlar ham suv toshqinidan jabr ko‘rgandi. Natijada 22 mingdan ortiq bino va inshootlar zarar ko‘rgan.