Yaponiyada samolyot to‘qnashuvi bo‘yicha tergov boshlandi

Olam

image

Yaponiya rasmiylari poytaxtning Xaneda aeroportida ikki samolyotning to‘qnashuvi yuzasidan tekshiruv boshladi. Bu haqda "Kyodo" agentligi xabar berdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, qirg‘oq qo‘riqlash samolyoti ekipaji va dispetcherlar o‘rtasidagi suhbatlar yozuvlari o‘rganilgan. 

Aniqlanishicha, DHC-8 ekipajiga uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinidagi ushlab turish holatiga o‘tish, lekin unga kirmaslik ko‘rsatmasi berilgan.

Joriy yilning 2 yanvar kuni Sapporodan Tokioga yo‘l olgan JAL (Japan Airlines Co) samolyoti zilziladan jabrlangan hududlarga gumanitar yordam yetkazayotgan DHC-8 samolyoti bilan qo‘nish vaqtida to‘qnashib ketgandi. To‘qnashuv ikkala samolyotda ham yong‘inga sabab bo‘lgan. Oqibatda DHC-8 ekipajining besh a’zosi halok bo‘lgan, uchuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. 

JAL samolyoti yo‘lovchilari – 367 kishi evakuatsiya qilingan, 17 kishi, jumladan ekipaj a’zolari yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing