Yaponiyada Sakuradzima vulqoni otildi (video)
Olam
−
09 fevral 2023
10209Yaponiyadagi Sakuradzima vulqoni otildi. Bu haqda mamlakat meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, otilish Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Xonsyu orolidagi Kagosima prefekturasida sodir bo‘lgan.
“8 fevral kuni ertalab Kagosima shahridagi Syova Sakuradzima kraterida vulqon otildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kraterda oxirgi marta otilish 2018 yilning aprel oyida kuzatilgan.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, vulqon jinslari 2 km radiusga tushishi mumkin. Sakuradzima vulqoni 2006 yildan 2018 yilgacha eng faol bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat vulqon yaqinidagi qishloqlardan aholi evakuatsiya qilingani haqida ma’lumot bermadi, shuningdek, mintaqada havo qatnoviga hech qanday to‘siq yo‘qligi haqida xabarlar bor. Biroq orol besh ballik shkala bo‘yicha uchinchi xavf darajada va meteorologlar vulqon faolligi davom etishini istisno qilmayapti.
Ma’lumot uchun, Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Sakuradzima vulqoni dengiz sathidan 1117 metr balandlikda joylashgan.