Yaponiyada Moderna vaksinasidan begona moddalar topildi

Olam

image

Yaponiyaga yetkazib berilgan Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan begona moddalar topildi.

Qayd etilishicha, kecha, 28 avgust kuni Naxa shahrida (Okinava prefekturasi markazi) emlash vaqtida bitta ampula va ikkita shpritsdan noma’lum qora modda topilgan.

Tekshiruv davomida boshqa shpritslarda pushti aralashmalar topilgan. Hammasi bo‘lib bu partiyadan 400 ga yaqin odam emlangan, biroq shifokorlar emlashdan oldin shpritsning tozaligini tekshirgan. Emlanganlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar qayd etilmagan.

Shu bilan birga vaksinaning ushbu partiyasi raqami Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi tomonidan to‘xtatilgan boshqa uchta partiyadan farq qiladi.

Avvalroq, Yaponiyada Ispaniyada ishlab chiqarilgan 1,63 mln doza Moderna vaksinasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilgandi. “Kiodo” agentligiga ko‘ra, noma’lum modda metall parchalari bo‘lishi mumkin.

Qayd etish kerakki, Yaponiyada Moderna vaksinasidan tashqari, AstraZeneca, Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinalaridan foydalanilmoqda. Hozirgacha mamlakatda 69,2 mln kishi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasi olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Moderna

Baholaganlar

798

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing