Yaponiyada kuchli zilzila qurbonlari 48 nafarga yetdi
Olam
−
02 yanvar
4681Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi. Bu haqda "Kyodo" agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib, xabar berdi.
7,6 magnitudali zilzila Isikava prefekturasidagi Vadzima shahrida keng ko‘lamli vayronagarchilik va yong‘inlarga sabab bo‘ldi, davom etayotgan zilzilalar qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda.
Shaharda yetti qavatli bino qulab tushdi, markaziy hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lib, 200 dan ortiq binolarni qamrab olgan.
Rasmiylarga ko‘ra, Vadzima shahrida vayronalar ostida qolgan odamlar bo‘lishi mumkin. Yetti jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Zilzila tufayli Niigata, Toyama, Fukui va Gifu prefekturalarida ham vayronagarchiliklar qayd etilgan.
Yaponiya dengizi bo‘yidagi katta hududlar uchun bir kun avval e’lon qilingan sunami ogohlantirishi bugun ertalab bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 yanvar kuni Yaponiyaning markaziy qismida, Isikava prefekturasidagi Noto yarim oroli yaqinida 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi.