Yaponiyada kuchli yomg‘ir olti kishining umriga zomin bo‘ldi (fotoreportaj)

Olam

image

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Kyusyu mintaqasida kuchli yomg‘ir ortidan yuzaga kelgan ko‘chki va sel oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan hafta oxiridan beri Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Oyta, Saga va Fukuoka prefekturalarining ba’zi hududlarida yog‘ingarchilik darajasi 55 millimetr/soatdan 92 millimetr/soatgacha bo‘lgan. Bu daryo toshqinlari va ko‘chkilarga olib kelgan.

Tabiiy ofat oqibatida hozircha olti kishi halok bo‘lgani, ikki kishi jarohat olgani, yana uch kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. G‘oyib bo‘lganlarni izlash jarayonlari hali davom etmoqda.

Yaponiya meteorologiya agentligi (YAMA) ma’lumotlariga ko‘ra, davlatning janubi-g‘arbiy provinsiyalarida yog‘ingarchilik rekord darajaga yetgan. Mahalliy hokimiyat o‘n minglab odamlarni evakuatsiya qilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Hindiston shimolida ham suv toshqinlari yuzaga kelmoqda. Buning oqibatida hozirgacha 20 dan ziyod kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya tabiiy ofat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing