Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik tufayli 30 mingga yaqin odam evakuatsiya qilinadi

Olam

image

Yaponiyaning g‘arbiy Xonsyu orolidagi Ishikava prefekturasida 29 750 kishi evakuatsiya qilinishi e’lon qilinadi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hudud xavfning 4-darajasida, prefektura so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli yog‘ingarchilikdan aziyat chekmoqda. Kamida bir kishi bedarak yo‘qolgan. 4800 ga yaqin uy elektr energiyasiz qolgan.

Nashrning mahalliy ma’muriyatga tayanib xabar berishicha, Vadzima va Sudzu shaharlarida evakuatsiya e’lon qilingan. Bu shaharlardagi infratuzilma 2024 yil yanvaridagi zilzila oqibatida jiddiy shikastlangan edi. 21 sentyabr kuni ertalab Vadzimada 121 millimetr yomg‘ir yog‘di – bu 1975 yildan beri rekord ko‘rsatkich.

Ishikavada kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘cha va yo‘llarni suv bosgan, oqibatda ko‘plab odamlar yordam so‘rashga majbur bo‘lgan.

Odatda prefekturaning to‘rtinchi darajadagi ogohlantirish darajasi imkon bo‘lganda evakuatsiya qilishni talab qiladi. Beshinchi daraja hayotni saqlab qolish uchun favqulodda va shoshilinch choralar zarurligini anglatadi.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash va Jazoirda toshqin yigirmaga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing