Yaponiyada xotiniga bir kunda 100 marta qo‘ng‘iroq qilgan erkak hibsga olindi
Olam
−
10 Sentabr
8136Yaponiyada xotiniga kuniga 100 marta qo‘ng‘iroq qilgan va shunchaki jim turib, gapirmagan erkak hibsga olindi. Bu haqda “Sora News” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, ayolning telefoniga noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroqlar kela boshlagan. Shu bilan birga, liniyaning narigi tomonidagi odam shunchaki jim turgan va og‘ir nafas olgan. Yaponiyalik ayol kun davomida 100 ta shunday qo‘ng‘iroqni qabul qilgan.
Oxir-oqibat u politsiyaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Tergov jarayonida telefonda bezorilik qilgan erkak ayolning eri ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng, erkak hibsga olingan va shaxsni ta’qib qilishda ayblangan. Er ushbu harakatini xotiniga o‘z sevgisini jim qo‘ng‘iroqlar orqali izhor qilmoqchi bo‘lgani bilan izohlagan.
“Men xotinimni yaxshi ko‘raman va hech narsa demasdan unga qo‘ng‘iroq qildim”, deb tan olgan u.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, er-xotin birga yashagan va bu holat ular bilan bog‘liq birinchi shunday hodisa sifatida qayd etilgan.