Yaponiyada 500 gramm gilos deyarli 10 ming dollarga sotildi

Olam

image

2021 yilda Yaponiyaning Yamagata prefekturasida o‘tkazilgan ilk kimoshdi savdosida yarim kilogramm gilos 1 million iyena (9,8 ming dollar) ga sotildi. Bu haqda mahalliy qishloq xo‘jaligi kooperativlari assotsiatsiyasiga tayanib xabar berilgan. 

Xabarga ko‘ra, 500 grammlik gilos qutisiga eng qadimgi navlardan bo‘lgan Satonisiki giloslari joylangan. 

Qayd etilishicha, lotning o‘ta qimmatligi uni yetishtirish texnologiyasi bilan bog‘liq. 

Ta’kidlanishicha, gilos ko‘chatlari maxsus idishlarda o‘stiriladi. Iyundan oktyabrgacha ular muzlatgichda saqlanadi. Shundan so‘ng o‘simliklar issiqxonaga ko‘chirilib, u yerda kerakli haroratda saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Uelsning marhuma malikasi Diana tomonidan uning oilaviy do‘sti Rojer Brambluga yuborilgan noma’lum xatlar Angliyaning Kornuoll grafligida kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi. Ushbu xatlarning boshlang‘ich narxi 30 ming funt sterling (40 ming dollar) bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya gilos

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing