Yaponiyada hukumatga bo‘lgan ishonch darajasi keskin pasayib ketdi
Olam
−
24 may 2020
6581Bosh vazir Sindzo Abe boshchiligidagi Yaponiya hukumatining reytingi 27 foizga tushib ketdi. Bu haqda , deya xabar beradi "Mayniti" gazetasi yozmoqda.
Joriy yilning 6 may kuni o‘tkazilgan o‘tkazilgan tadqiqotda hukumatning ishonch darajasi 40 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, hukumatning ishonchsizlik reytingi 45 foizdan 64 foizgacha ko‘tarildi. Bunga asosiy sabab Tokio bosh prokurori Xiroma Kurokava atrofidagi janjal bo‘ldi. U shuningdek, mamlakatning prokuratura tizimidagi ikkinchi shaxs bo‘lib, mamlakat bosh prokurori lavozimiga asosiy da’vogar edi.
Mamlakatda mavjud favqulodda holat rejimiga qaramay, prokuror Kurokava taniqli jurnalistning oldiga ikki marta borgan. U yerda yana ikki nafar muxbir bilan birga u pul tikib, majong o‘ynadi. Yaponiyada qimor o‘yinlari taqiqlangan. Bundan tashqari, so‘nggi uch yil ichida bunday uchrashuvlar oyiga ikki yoki uch marta bo‘lib o‘tganligi ma’lum bo‘ldi. Bir stavka 20 ming iyendan (taxminan 186 dollar) oshmagani aytilmoqda.
Vaziyatning ayanchli tomoni shundaki, bu voqealar parlamentda prokuratura to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni muhokama qilish paytida ro‘y berdi. Muxolifat e’tiborini tortgan qoidalardan biri pensiya yoshini uzaytirish edi. Muxolif partiyalarning fikriga ko‘ra, ushbu tuzatish prokuror lavozimida yaxshi tanilgan Kurokava hukumati uchun kiritilgandi. Bosh vazir allaqachon vaziyat o‘zgarishi munosabati bilan qonun loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini aytdi. Kurokava esa 22 may kuni iste’foga chiqdi.
LiveBarchasi