Yaponiya yangi ofatga tayyorlanyapti. 600 ga yaqin aviareys bekor qilindi

Olam

image

Yaponiya yaqinlashayotgan yangi to‘fonga tayyorgarlikni boshladi. Mamlakatda 600 ga yaqin ichki reyslar bekor qilindi. Yangi “Xayshen” to‘foni “Kunchiqar” mamlakatning janubiy qismiga yaqinlashyapti. Bu haqda yapon jamoatchilik televideniyesi ma’lum qildi.

Shanba kunidagi 100 ta reysdan tashqari, mahalliy aviakompaniyalar ehtiyot chorasi sifatida mamlakatning janubi va janubi-g‘arbiy qismi bilan aloqador 484 ta reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. 

JR West temir yo‘l operatori o‘z navbatida 7 sentyabardan mamlakatning janubi va janubi-g‘arbida tez yurar poyezdlari harakatini to‘xtatishga qaror qildi. Shuningdek, noqulay ob-havo sabab janub va markaziy hududlar o‘rtasidagi poyezd qatnovlari soni ham qisqartirildi.

Ayni vaqtda “Xayshen” to‘fon Tinch okeani bo‘ylab harakatini davom ettirib, Yaponiyaning eng janubiy prefekturasi Okinavaga yaqinlashib kelyapti. Milliy meteorologiya boshqarmasi to‘fon o‘zi bilan rekord darajada yog‘in va kuchli shamol olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi. To‘fon yakshanba kuni Yaponiya sohillariga yetib keladi.

Bosh vazir Sindzo Abe kecha, 4 sentyabr kuni Hukumatning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazdi va aholini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solishni buyurdi.

Ma’lumot uchun, Yaponiyaning janubiy qismi yaqindagina “Maysak” to‘fonidan talafot ko‘rgandi. Tabiiy ofat natijasida elektr toki ta’minotida uzilishlar bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya to'fon

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing