Yaponiya va AQSH KXDRga signal yubordi
Olam
−
26 may 2022
17924Kecha, 25 may kuni Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish havo kuchlari a’zolari va AQSH harbiylari Yapon dengizi ustida jangovar samolyotlar ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish havo kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi saytida e’lon qilingan hisobotda aytiladi.
Manevrlarda Yaponiyadan to‘rtta F-15 qiruvchisi, AQSHdan to‘rtta F-16 qiruvchisi qatnashgan. Mashqlarning maqsadi “[tahdidlarga] darhol javob berish qobiliyatini tasdiqlash, shuningdek, Yaponiya-AQSH ittifoqini mustahkamlash” bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Yaponiya va AQSH manevrlar orqali KXDRga “to‘xtatuvchi signal” yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 may kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga uchta ballistik raketa uchirdi. Janubiy Koreya harbiylariga ko‘ra, ulardan biri qit’alararo, qolgan ikkitasi esa qisqa masofali ballistik raketalar bo‘lgan. Shu bilan birga, bitta qisqa masofali raketaning uchirilishi muvaffaqiyatsiz tugagan. Pxenyanning sinovlariga javoban Janubiy Koreya va Amerika Yapon dengizi tomon ikkita raketa uchirdi.
LiveBarchasi