Yaponiya O‘zbekistondagi ayrim kompaniyalarga qarshi sanksiya joriy qiladi
Olam
−
14 iyun
10707Yaponiya O‘zbekiston va yana bir qator davlatlarning kompaniyalariga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tgani uchun sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosimasa Xayashi Tokiodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Sanksiyalarga kelsak, mamlakatimiz Rossiyaga qarshi sanksiyalardan qochish yoki chetlab o‘tishga urinishlarga qat’iy munosabatda bo‘lishni muhim deb hisoblaydi. Biz Xitoy va Hindiston kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni o‘z ichiga olgan paketni ko‘rib chiqayotganimizni ma’lum qildik. Bu sanksiyalar aniq bir davlatlarga qarshi emas, balki sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinayotgan barcha kompaniyalarga qarshi choralar sifatida ishlab chiqiladi”, deydi Xayashi.
Ushbu sanksiyalar paketi O‘zbekiston, Xitoy va Hindistondan tashqari BAA va Qozog‘istondagi ayrim kompaniyalarga qarshi qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari 12 iyun kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Ushbu sanksiyalar transhi Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi, shuningdek, 300 ga yaqin kompaniya va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalarni o‘z ichiga olgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr