Yaponiya Ukrainaga dronlar yuboradi
Olam
−
19 aprel 2022
8166Yaponiya hukumati Ukrainaga kimyoviy moddalardan himoya qila oladigan maxsus kiyim va niqoblar, shuningdek, dronlar ko‘rinishida qo‘shimcha yordam bermoqchi.
“Ukraina hukumatining yangi so‘rovi asosida Ukrainaga kimyoviy himoya kostyumlari va niqoblari, shuningdek, dronlarni yuborishga qaror qilindi. Mudofaa vazirligi va Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari Ukrainaga maksimal darajada yordam ko‘rsatish niyatida”, deyilgan Yaponiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyida Yaponiya Ukrainaga zirhli nimchalar, dubulg‘alar, issiq kiyimlar, chodirlar, kameralar, gigiyena vositalari, quruq ovqatlar, o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari generatorlari ko‘rinishida yordam yuborgan.
Avvalroq, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Shveysariya Prezidenti, Tashqi ishlar federal departamenti rahbari Inyatsio Kassis Tokioda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar siyosatini davom ettirishga kelishib olgandi.
LiveBarchasi