Yaponiya tarixida ilk bor eng yirik kokain partiyasi qo‘lga tushdi
Olam
−
16 aprel 2020 7944 1 daqiqa
Yaponiyaning “Kiodo” agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, mamlakat tarixidagi eng katta, og‘irligi 700 kg bo‘lgan kokain partiyasi bojxona xodimlari tomonidan ushlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvand moddalar oziq-ovqat mahsulotlari tashiydigan kemadagi banan qutilaridan topilgan. Manbalarga ko‘ra, so‘roq paytida ekipaj a’zolari kontrabandaga aloqadorligini rad etishgan.
Ta’kidlanishicha, qora bozorda partiyaning narxi 130 million dollarga baholanmoqda. Mahalliy bojxona organlarining taxminlariga ko‘ra, kontrabandaga yirik xalqaro sindikatning qo‘li borligi mumkin.
Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust