Yaponiya Shimoliy Koreya rahbaridan minnatdor bo‘ldi

Olam

image

Yaponiya hukumati Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Yangi yil kuni Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila va bir qator kuchli ofatlar munosabati bilan hamdardlik bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi ma’lum qildi.

6 yanvar, shanba kuni ertalab Koreya davlat markaziy axborot agentligi (KCNA) Kim Chen In Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaga halokatli zilzila tufayli qurbonlar va jarohatlanganlarga hamda tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan moddiy talafotlar munosabati bilan hamdardlik bildirganini xabar qilgan edi.

Bu xatga javoban, Yaponiya hukumati Shimoliy Koreya rahbaridan ta’ziya bildirgani uchun xursand bo‘lgan.

“Biz Kim Chen Inga hamdardligi uchun minnatdorlik bildiramiz”, degan Xayashi matbuot anjumanida.

Avvalroq, Kim Chen Inning onasi Ko Yon Xi Yaponiyada tug‘ilgani va 1960 yillarda Shimoliy Koreyada raqqosalik qilgani haqidagi taxminlar borligini yozgandik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 yanvar kuni Yaponiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 200 dan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya Yaponiya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing