Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ko‘paytirdi

Olam

image

Yaponiya 25 nafar rossiyalik va Rossiyaning 81 tashkilotiga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy qilmoqda. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov va uning rafiqasi Tatyana Navkaning katta farzandlari, VEB davlat korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov va uning qarindoshlari, “Severstal”ning asosiy aksiyadori Aleksey Mordashov, “Rostex” bosh direktori Sergey Chemezovning qarindoshlari, Rossiya Prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanovning o‘g‘li, “Rossiya” bankining egasi Nikolay Shamalov va uning o‘g‘li Kirill, “Rosneft” rahbari Igor Sechinning o‘g‘li Ivan, “Transneft” prezidenti Nikolay Tokarevning qarindoshlari va tadbirkor Rotenberglar kiritilgan. 

Sanksiya kiritilgan kompaniyalar orasida Miass avtomobil zavodi, “Vimpel” kemasozlik zavodi, Amur kemasozlik zavodi, Yaroslav kemasozlik zavodi, “Krasnoye Sormovo” zavodi, “Zvyozdochka” kemasozlik zavodi va boshqalar bor. 

Shunday qilib, Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyadan allaqachon 101 nom va 130 tashkilot kiritilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, shu paytgacha Yaponiya Rossiyaga qarshi bir nechta sansiyalar paketini joriy qildi. Xususan, u Rossiyani savdoda eng qulay davlat qatoridan chiqarib tashladi va joriy yilning 18 martidan boshlab 275 turdagi tovarlarni eksport qilishni taqiqladi.

Avvalroq, Rossiya Yaponiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik. Moskva shuningdek, yaponiyaliklarning Kuril orollariga borishi uchun berilgan imtiyozlarni ham bekor qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing