Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’siridan xavotirda 

Olam

image

Tokio Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning Yaponiya iqtisodiyotiga ta’sirini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Koiti Xagiuda ma’lum qildi.  

“Biz joriy chora-tadbirlarning (iqtisodga) ta’sirini diqqat bilan kuzatib boramiz. Nafaqat joriy choralardan, balki umuman Ukrainadagi vaziyatning biznes va kundalik hayotga ta’siridan ham xavotirdamiz. Bosh vazir Fumio Kisidaning buyrug‘i bilan iqtisodiy faoliyat va fuqarolar hayotiga ta’siri tufayli javob choralarini ko‘rib chiqmoqchimiz”, degan u. 

Xagiudaga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan tovarlarni olib kirishga qisman taqiq xalqaro hamjamiyat, birinchi navbatda, “Katta yettilik” guruhi mamlakatlari bilan hamkorlikda kiritilgan. 

Bugun, 19 aprel kuni Yaponiya Ukrainadagi voqealar fonida Rossiya Federatsiyasidan ayrim turdagi tovarlarni olib kirishga taqiq joriy qildi. Embargo 38 ta mahsulot, jumladan, olti turdagi alkogolli ichimliklar (pivo, vino, aroq va boshqalar), to‘rt turdagi yog‘och hamda 28 turdagi texnika, jumladan, avtomobillar, mototsikllar, samolyot dvigatellari qismlari va kemalarni qamrab oladi. Uch oylik taqiq ushbu farmon kuchga kirgunga qadar tuzilgan import shartnomalariga taalluqli emas. 

Yaponiya bundan avval ham Rossiya Federatsiyasiga qarshi bir nechta sanksiyalar paketini qabul qilgan. Eksporti taqiqlangan tovarlar va texnologiyalar ro‘yxatiga dengiz va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash uchun uskunalar, telekommunikatsiya uskunalari, aloqa vositalari, harbiy mahsulotlar, dasturiy ta’minot va neftni qayta ishlash uskunalari kabi 300 dan ortiq turdagi tovarlar kiritilgan. Bundan tashqari, Rossiyaga hashamatli tovarlar, jumladan, qiymati 6 million iyendan (taxminan 49 ming dollar) ortiq bo‘lgan avtomobillarni yetkazib berishga ham taqiq qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

707

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing