Yaponiya Rossiya va Belarus banklari aktivlarini muzlatmoqchi

Olam

image

Yaponiya yana ikkita Rossiya va bitta Belarus bankiga nisbatan sanksiyalarni joriy qiladi, shuningdek, Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya federatsiyasiga tovarlarni eksport qilishni taqiqlamoqchi. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Yangi sanksiyalar to‘plami doirasida “Rosselxozbank”, Moskva kredit banki va Belarus taraqqiyot va tiklanish bankining aktivlari muzlatiladi. To‘lovlarni amalga oshirish va ushbu tashkilotlar bilan bitimlar tuzish faqat Yaponiya hukumati tomonidan tegishli ruxsatnomani olgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Cheklovlar joriy yilning 7 iyulidan kuchga kiradi.

“Sanoat infratuzilmasini mustahkamlashga hissa qo‘shadigan” tovarlar eksport taqiqiga tushadi. Aynan qaysi tovarlar haqida gap ketayotgani haqida hali aytilmagan.

Yaponiya avvalroq Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya Federatsiyasiga nisbatan bir nechta cheklovlar to‘plamini qabul qilgan edi. Sanksiyalar ro‘yxatiga allaqachon Rossiya Federatsiyasi, Belarus, LXR va DXRning 700 dan ortiq fuqarolari, shuningdek, 200 dan ortiq rus kompaniyalari va tashkilotlari kiradi.

Eksport qilish taqiqlangan tovarlar va texnologiyalar ro‘yxatiga 300 dan ortiq buyumlar, shu jumladan yarimo‘tkazgichlar, dengiz va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiya va aloqa uskunalari, harbiy mahsulotlar, shu jumladan qurol, dasturiy ta’minot va neftni qayta ishlash uskunalari kiritilgan. Bundan tashqari, Rossiyaga hashamatli tovarlar, shu jumladan 6 million iyendan ortiq qiymatdagi (taxminan 49 ming dollar) avtomobillar yetkazib berishga taqiq qo‘yilgan.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sanktsiyalar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing