Yaponiya NATOga kirish niyatida emas – Kisida 

Olam

image

Yaponiyaning NATOga a’zo bo‘lish niyati yo‘q, Shimoliy Atlantika alyansining mamlakatda vakolatxonasini ochish to‘g‘risida qaror hali qabul qilinmagan. Bu haqda bugun, 24 may kuni Bosh vazir Fumio Kisida parlament yuqori palatasi yalpi majlisida ma’lum qildi.

“Yaponiya NATOga doimiy yoki assotsiativ a’zo sifatida qo‘shilish niyatida emas”, degan Kisida. 

Yaponiyada alyans vakolatxonasini ochish imkoniyatlariga to‘xtalar ekan, hukumat rahbari bu mavzu muhokama qilinayotganini, biroq hozircha hech qanday qaror qabul qilinmaganini ta’kidlagan.

Shu bilan birga u xalqaro tartib hozirda duch kelayotgan murakkab muammolarni hisobga olgan holda, uning mamlakati NATOga a’zo davlatlar va ularning ittifoqchilari bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Tokioda vakolatxonasini ochish niyatida ekani haqida xabar bergan edi. Ta’kidlanishicha, u NATO davlatlari va Yaponiya turli masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar olib boradigan aloqa idorasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muhokamalarda alyansning mintaqadagi boshqa ittifoqchilari, xususan, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya ham ishtirok etishi kutilmoqda. Bunday qaror 11-12 iyun kunlari Litvada bo‘lib o‘tadigan NATOning navbatdagi sammiti oldidan ma’qullanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yaponiya Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing