Yaponiya Markaziy Osiyoga jiddiy qarayapti
Olam
−
21 noyabr 2023
8245Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlash Yaponiya uchun dolzarb vazifadir. Bu haqda Tokioda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari geosiyosiy jihatdan tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda va ular bilan munosabatlarni mustahkamlash dolzarb vazifadir”, deya hukumat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan NHK telekanali.
Kisida va Japarov Markaziy Osiyo taraqqiyotini rag‘batlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar, Tokio va Bishkek o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, infratuzilma va inson resurslari sohasida ham davom ettirishga kelishib olgan. Tomonlar Ukraina, Yaqin Sharq va Hind-Tinch okeani mintaqasi mavzularini muhokama qilib, global tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun xalqaro huquqqa asoslangan harakatlar zarurligini yana bir bor tasdiqlagan.
Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Yaponiya poytaxtida mintaqa davlatlarining rasmiy va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi