Yaponiya kosmik harbiy kuchlar tashkil etishini e’lon qildi
Olam
−
27 may 2020
4840Yaponiya fazoviy kuchlar tashkil etilishini e’lon qildi. Yapon kosmik armiyasi AQSH kosmik kuchlariga qo‘shilishi ma’lum qilindi, Bu haqda Yaponiyaning “JB Press“ nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda Yaponiya kosmik armiyasi 20 kishidan iborat. Kunchiqar mamlakati bu ishni boshqa mamlakatlarning mudofaa maqsadlari uchun tashlangan qadam deb atadi.
Shuningdek, Yaponiya kosmosdagi harbiy amaliyotlar bo‘yicha “Katta yettilik“ning “eng orqada qolgan mamlakat“ ekanligini ta’kidlaydi. Ammo uning kosmik tadqiqoti xalqaro maydonda juda hurmatga sazovor.
“Kosmik operatsiyalar birligi tashkil etilishi natijasida Yaponiya nihoyat boshlang‘ich bosqichga chiqdi. Bu ishlarda ortda qolishning sababi Yaponiya Konstitutsiyasida mustahkamlangan “tinch kosmos“ moddasi edi“, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil dekabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Kosmik kuchlar tashkil etilishini rasman e’lon qilgan edi.