Yaponiya qirg‘oqlarida kimyoviy tanker ag‘darilib ketdi

Olam

image

Yaponiyaning Yamaguti prefekturasi qirg‘oqlarida Janubiy Koreya bayrog‘i ostida suzgan kimyoviy tanker ag‘darilib ketdi. Bu haqda NHK davlat televideniyesi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Simonoseki qirg‘oqlari yaqinida langar qo‘ygan KEYOUNG SUN kemasidan halokat signali olingan.

Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabariga ko‘ra, tanker kuchli shamol va baland to‘lqinlar tufayli Mutsure oroli qirg‘oqlariga langar qo‘ygan.

Qayd etilishicha, hodisa vaqtida tankerda 11 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan: 8 nafar Indoneziya, 2 nafar Janubiy Koreya va 1 nafar Xitoy fuqarosi, ulardan 6 nafari qutqarib olingan.

“Kyodo” agentligi xabariga ko‘ra, yana besh nafar ekipaj a’zosini qidirish davom etmoqda, qidiruv-qutqaruv ishlariga aviatsiya va patrul katerlari jalb etilgan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining ma’lum qilishicha, uzunligi 68,8 metr va eni 10,6 metr bo‘lgan tankerda 980 tonna akril kislotasi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya tanker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing