Yaponiya qirg‘oqlarida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Yaponiyaning Ogasavara orollaridan g‘arbda, asosiy Xonsyu oroli qirg‘oqlaridan 700 km uzoqlikda, Tinch okeanida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, manba 540 km chuqurlikda bo‘lgan. Yer silkinishlari Ogasavara orollarida sezilgan, biroq Tokioda ham kichik tebranishlar qayd etilgan.

O‘z navbatida, Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi zilzila kuchini 6,5 ballga baholamoqda.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q, sunami xavfi ham e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Tayvanda yuz bergan 7,2 magnitudali kuchli zilzila oqibatida 1038 kishi jabrlangandi. 5 aprel kuni AQSHning sharqiy qirg‘og‘ida Nyu-Jersi shtatida 40 yil ichidagi eng kuchli 4.8 balli zilzila sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya zilzila Ogasavara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing