Yaponiya Bosh vaziri yotoqxonadan rasmiy qarorgohga ko‘chdi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida Tokio markazidagi hukumat binolari majmuasida joylashgan rasmiy qarorgohga ko‘chishni yakunladi. Bu haqda Bosh vazir idorasining saytida xabar berilgan.  

“Hukumat ishlariga e’tibor qaratish zarurati nuqtai nazaridan bu mantiqiy bo‘ladi, deb qaror qildim”, degan Kishida. 

Ta’kidlanishicha, u bilan birga to‘ng‘ich o‘g‘li — Bosh vazirning kotibi bo‘lib ishlayotgan Syotaro ham qarorgohga kiradi. Turmush o‘rtog‘ining ko‘chib o‘tishi haqida Kishida aniq javob bermagan, u Tokiodan o‘z ona shahriga tez-tez borishini va oilasi bilan qancha vaqt o‘tkazishini aniq bilmasligini ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, oktyabr oyida Bosh vazir etib tayinlanganidan beri Kishida Akasaka tumanidagi ofisdan uch daqiqalik masofada joylashgan parlament deputatlari yotoqxonasida yashashni davom ettirgan. 

Qarorgoh, o‘z navbatida, asosiy ofisga ulashgan bo‘lib, bu har qanday favqulodda vaziyatda, masalan, tabiiy ofatda o‘z vazifalarini imkon qadar tezroq boshlash imkonini beradi. 

Ma’lumot o‘rnida, rasmiy qarorgohdan foydalangan oxirgi Bosh vazir Yosixiko Noda bo‘lgan. U qarorgohga 2011 yil oktyabr oyida ko‘chib o‘tgan. 

2012 yilda uning o‘rnini egallagan Sindzo Abe qarorgohga ko‘chmagan, Tomigaya hududidagi uyida rafiqasi va onasi bilan yashagan. Abeni bu qarori uchun tez-tez tanqid qilishgan, chunki KXDR ballistik raketa uchirganidan keyin bosh hukumat idorasiga yetib borishi uchun unga doim vaqt kerak bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Kishida

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing