Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vazirini O‘zbekistonga taklif qildi
Jamiyat
−
12 may 2021
2945Avval xabar berganimizdek, bugun, 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Yoshixide Suga bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Tokio shahridagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi hamda Bosh vazir Yoshixide Sugani mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif qildi.
"Yaponiya Bosh vaziri joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlashini va uning ishida ishtirok etishini ta’kidladi", deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.
Suhbat so‘ngida davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.