Yaponiya Bosh vaziri o‘g‘lini ishdan olmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaning o‘g‘li Syotaro Kisida otasining kotibi lavozimidan iste’foga chiqadi. Bunga uning qarindoshlari va tanishlarini Bosh vazir qarorgohiga taklif qilgani ortidan chiqqan mojaro sabab bo‘ldi. Bu haqda bugun, 29 may kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasi kotibiyati ma’lum qildi.

Aytilishicha, Syotaro Kisida 1 iyun kuni o‘z lavozimini tark etadi. Bosh vazir Fumio Kisida ham o‘g‘lining qilmishini noo‘rin deb biladi va mavjud vaziyatga juda jiddiy qaraydi. 

Shuningdek, Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsuno jurnalistlarga Bosh vazir o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘liga hukumat rahbarining Tokiodagi qarorgohida qilgan nomaqbul xatti-harakatlari uchun tanbeh berganini aytgan. Bunga Bosh vazirning o‘g‘li 2022 yil dekabr oyida 10 ga yaqin qarindoshlari va tanishlarini hukumat rahbari qarorgohiga taklif qilgani sabab bo‘lgan. Ular binoning qizil gilam bilan qoplangan old zinapoyasida suratga tushgan.

Bundan tashqari, 2023 yil yanvarida Syotaro rasmiy diplomatik transport vositalaridan turistik maqsadlarda noqonuniy foydalanganlikda ayblangan. Shundan so‘ng Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi paydo bo‘lgan bunday bayonotni rad etgan. Aytilishicha, Kisidaning o‘g‘li Bosh vazirning kotibi sifatida Yevropaning bir qator davlatlariga safarida unga hamrohlik qilgan va bu tashriflarni yoritadigan rasmiy suratga olish uchun elchixonalar tomonidan taqdim etilgan mashinalardan foydalangan.

Ma’lumot uchun, Syotaro Kisida o‘tgan yilning oktyabr oyida otasining siyosiy masalalar bo‘yicha kotibi lavozimiga tayinlangan. Yaponiya Bosh vaziri turli sohalarni nazorat qiluvchi sakkiz nafar rasmiy kotibga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Fumio Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made