Yaponiya bir soniyada 12,5 mingta filmni yuklay oladigan internet tezligiga erishdi

Texnologiya

image

Yaponiya bir soniyada 12 500 ta filmni yuklab oladigan internet tezligiga erishdi. Bu haqda “SAYS” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yaponiya milliy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti olimlari optik tola orqali ma’lumotlarni tez uzatish tezligiga erishgan. Ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 402 terabitni tashkil etdi – bu Buyuk Britaniyadagi o‘rtacha keng polosali tezlikdan taxminan 5 million marta yuqori. Bu tezlik bir soniyada 12500 ta filmni yuklab olish imkonini beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, ular ilgari foydalanilmagan to‘lqin uzunligi diapazonlaridan foydalanish imkoniyatini kashf qilgan.

Mutaxassislar jamoasi rekord ideal laboratoriya sharoitida o‘rnatilganini qayd etdi. Shuningdek, ular potensialning bir qismini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘proq izlanishlar kerakligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya internet fil'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing