Yaponiya Hukumati o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini kuchaytirmoqchi
Olam
−
10 fevral 2020
10325Yaponiya Hukumati o‘zbekistonliklarga viza berishdan oldin tekshirishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Iqtisodiyot gazetasi xabar bermoqda.
Ushbu masala bo‘yicha qaror joriy yilning aprel oyida qabul qilinishi mumkin. Qayd etilishicha, birinchi navbatda talabalar uchun vizalar berishdan oldin kengaytirilgan testlar joriy etilishi mumkin.
Shuningdek, boshqa 80 mamlakat fuqarolari vizalar berishdan oldin jadal tekshiriladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. Ro‘yxat mamlakatning iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda tuzilgan.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanovning aytishicha, o‘zbekistonliklarga viza bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilishiga Yaponiyaga talabalik maqsadida kelib, o‘zni ishga urgan va noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanganlarning ko‘payib ketgani sabab bo‘lmoqda.
Ushbu masala yuzasidan Assotsiatsiyaning vakili “O‘z shaxsiy manfaatingizni davlatning (ko‘pning) manfaatidan yuqori qo‘ymang. Sizning xatoingiz butun boshli davlatga ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlamoqda.
LiveBarchasi