Yapon dengizida Rossiya chegarachilariga hujum bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 17 sentyabr kuni ichida brakonerlar bo‘lgan Shimoliy Koreya ekipaji Yaponiya dengizining Rossiyaga tegishli qismida chegarachilariga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Hodisa Rossiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidagi Quito-Yamato qirg‘oqlari hududida yuz berdi.Chegarachilar noqonuniy baliq ovi bilan shug‘ullanuvchi ikkita shtangachi va o‘n bitta motobotni topdi. Bortida 21 ekipaj a’zosi bo‘lgan bitta kema qo‘lga olingan, ikkinchisidan esa chegarachilarga qarata o‘t ochilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda 45 dan ortiq kishi bo‘lgan.Natijada uch rus chegarachisi yaralangan. Shimoliy Koreyaning Moskvadagi elchixonasi ishonchli vakili Chin Chjon Xyop Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi.

Diplomat  vazirlik binosida bir soatdan ko‘proq vaqt bo‘lgan. U Tashqi ishlar vazirligiga kelganida ham, chiqish paytida ham izoh berishdan bosh tortdi.
Keyinchalik Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy koreyalik diplomatga Yaponiya dengizidagi voqea yuzasidan xavotir bildirgan. Moskva Pxenyandan buning oldini olish uchun keng qamrovli choralarni ko‘rishni talab qildi. Muvaqqat ishlar vakili Rossiya tomoni noqonuniy xatti-harakatlarning aybdorlarini ushlash uchun qat’iy choralar ko‘rayotganini aytdi.Chin Chjon Xyop zudlik bilan Pxenyanga hisobot berishga va’da bergan.

Ushbu  voqea yuzasidan Rossiya Federal Chegara Xizmati (FPS) Bosh direktorining sobiq birinchi o‘rinbosari Nikolay Reznichenko sharh berar ekan, brakonerlar bilan qattiqqo‘l harakat qilish kerakligini aytdi. Reznichenkoga ko‘ra, kemalarni jarimaga tortish va huquqbuzarlarga hukm chiqarish kerak. 

Federatsiya Kengashi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Frans Klinsevichning fikricha, voqea Rossiya va KXDR o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qilmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyalik baliqchilar brakonerlik bilan shug‘ullanganiga bir yildan oshdi. "Shuningdek, Pxenyan bunday harakatlarni qo‘llab-quvvatlamasa, hech bo‘lmaganda ularga e’tibor bermasligi sir emas", deya ta’kidladi Klinsevich o‘zining Facebook`dagi sahifasida. Senator brakonerlar qayerdan kelgani va bunday ishlarni to‘xtatish uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligi bilan qiziqdi.

Ma’lumot uchun, Rossiya chegaralari yaqinidagi suvlarda brakonerlik muammosi saqlanib qolmoqda. O‘tgan yili qirg‘oq qo‘riqchilari 8 mingdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqladi, 39 rus va xorijiy kemalar, shuningdek, 1 ming 37 ta kichik kemalar ushlandi, ulardan 27 tasi musodara qilindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya yapon dengizi

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing