Yanvar oyida O‘zbekistonda qariyb 6 ming nafar bola “sariq kasal” bo‘ldi
Salomatlik
−
10 fevral
4010O‘zbekistonda 2024 yilning boshidan buyon 5 ming 907 nafar bola “Gepatit A” kasalligini yuqtirib olgan. Bu haqda AOKA xabar berdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kasallanish ko‘rsatkichlarining o‘sishi Andijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.
Ushbu kasallikka qarshi emlash 94-98 foiz holatlarda virus yuqishining oldini oladi va emlashdan keyin jiddiy asoratlar kuzatilmaydi. Vaksinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud bo‘lib, JSSTning tavsiyasiga ko‘ra, vaksinatsiya 1 marta qo‘llaniladi. Qayta emlash ishlari talab etilmaydi.
“Gepatit A” ga qarshi, asosan, 18 oylikdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi. Shundan so‘ng 15 yilgacha bo‘lgan muddatda immunitet saqlanib qoladi.
Ma’lumot uchun, Virusli “Gepatit A” – bolalar o‘rtasida uchraydigan kasallik bo‘lib, jigar to‘qimalarining shikastlanishi bilan kechadi. O‘tgan 2023 yil davomida O‘zbekistonda jami 365 ming 167 nafar bolalar kasallikka qarshi vaksina bilan emlangan.
LiveBarchasi