Yanvar oyida Mbappe haqida yangilik bo‘ladi – Peres

Sport

image

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres qishki transferlar vaqtida PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga urinishini ma’lum qildi.

“Yanvar oyida Mbappe haqida yangilik bo‘ladi. Umid qilamizki, 1 yanvargacha Mbappe bilan bog‘liq vaziyat hal bo‘ladi”, deydi Peres.

Eslatib o‘tamiz, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Kilian 2017 yildan beri jamoa safida o‘ynaydi. U “Monako”dan 180 million yevro yevaziga sotib olingan. Joriy yilning avgust oyida Mbappe “Real”ga o‘tishi mumkin edi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini qabul qilmadi.

Bundan tashqari, Mbappe Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan “Monpele”ga qarshi bahsda Neymarning harakatlaridan norozi bo‘lgan. Fransiyalik forvard 88-daqiqada almashtirilgan va zaxira o‘rindig‘ida yarim himoyachi Idrisse Guyega braziliyalik futbolchining o‘yinidan norozi ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Real Madrid Transfer Florentino Peres

Baholaganlar

31

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing