Yangiyo‘ldagi xonadonda boqilgan ilonlar ataylab qo‘yib yuborilmagani aytildi
Jamiyat
−
03 Oktabr
13800
Avvalroq, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Tuyabug‘uz” MFY hududida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro xonadonida 30 dan ortiq “Osiyo kobra” ilonlarini tegishli ruxsatnomalarsiz saqlab kelgani va ularni ochiqqa qo‘yib yuborgani xabar qilingan edi.
Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirib, xonadonda boqilayotgan ilonlar ochiqlikka qo‘yib yuborilmaganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilganda asl voqelik internetda e’lon qilinganidan farqli ekanligi ma’lum bo‘lgan. Ya’ni 30 ga yaqin ilonlar, ijtimoiy tarmoqlarda aytilgani kabi ochiqlikka qo‘yib yuborilmagan. Ilonlarning 4 tasi boqilayotgan joyidan qochib ketgan va qisqa vaqt ichida ularning har 4 tasi ham ushlangan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniy natija bo‘yicha qo‘shimcha ravishda axborot berilishi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr