Yangiyo‘lda yuk avtomobili ag‘darilib ketdi
Jamiyat
−
08 iyun 2021
5273M-39 yo‘lining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan qismida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 iyun kuni soat 10:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining 828-kilometrida 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi K.B. “Maz-516” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilgan.
Qayd etilishcha, ag‘darilish oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Yuk avtomobiliga texnik zarar yetgan.
Avtomobilni yo‘ldan olish choralari ko‘rilib, mazkur YTH yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.